Issiqxona egalari uchun yangi imtiyozlar: soliqlarni 50 foizga kamaytirish taklif qilindi
Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy etish va ularning ekologik xavfsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan taqdimot bilan tanishdi . Taqdimotda shaxsiy tomorqalardagi issiqxonalarni modernizatsiya qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator imtiyozlar taklif qilindi. Jumladan, 2030-yilgacha tomorqa issiqxonalari uchun yer va mol-mulk soliqlarini 50 foizga kamaytirish, ularni aylanmadan o























