Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, hodisa 13-oktabr kuni soat 19:00 larda Mirzo Ulugʻbek koʻchasidagi Ekobozor qarshisida sodir boʻlgan.

Avtomobilni 2005-yilda tugʻilgan M.A. boshqarib ketayotgan boʻlgan. U tartibga solingan oʻtish joyidan harakatlanayotgan piyodani urib yuborgan.

Xabarda piyodaning yoshi va ahvoli, shuningdek, hodisa vaqtida svetoforning qaysi chirogʻi yongani ochiqlanmagan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari surishtiruv olib bormoqda.