Arxeologlar Misrda boshining oʻzi 1,6 metr keladigan firʼavn haykalini aniqladi
Naked Science nashri Heritage Daily’ga tayanib yozishicha, topilmalar Behbet-el-Hajar aholi punktida Misr Qadimiy yodgorliklar boʻyicha oliy kengashi ekspeditsiyasi tomonidan aniqlangan . Qazishmalar mahalliy aholi vakillaridan biri uyi yaqinidagi yerga ishlov berayotganda yozuvli tosh boʻlagini topib olganidan keyin boshlangan. U bu haqda yodgorliklarni muhofaza qilish inspeksiyasiga xabar bergan. Dastlabki tekshiruv tosh arxeologik ahamiyatga ega ekanini tasdiqlagan. Shundan soʻng hududga ma























