Asosiy ma’lumotlar

  • 2025-yilda ta’limga davlat xarajatlari 84,2 trillion so‘mni tashkil etdi
  • Bu 2021-yilga qaraganda 2,1 barobar ko‘p
  • Besh yilda xarajatlar 44,6 trillion so‘mga oshdi

2025-yilda O‘zbekistonda ta’limga davlat xarajatlari 84,2 trillion so‘mni tashkil etdi.

Bu 2021-yilga qaraganda 2,1 barobar ko‘p, deb xabar beradi Milliy statistika qo‘mitasi.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, ta’limga xarajatlar uzluksiz oshib bordi: 2021-yilda 39,6 trillion so‘mdan 2022-yilda 50,3 trillion, 2023-yilda 61,2 trillion va 2024-yilda 71,2 trillion so‘mga yetdi.

Shu tariqa, besh yil ichida xarajatlar 44,6 trillion so‘mga oshdi.