O‘zbekistonda ilk marta kamyob tur hisoblangan turkman uzunquloq ko‘rshapalagi qayd etildi
O‘zbekistonning “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i hududida turkman uzunquloq ko‘rshapalagi (Plecotus turkmenicus) qayd etildi, deya xabar bermoqda Zoologiya instituti olimlariga tayanib Fanlar akademiyasi. Ilgari bu tur 1970-yilgacha to‘plangan ma’lumotlar va muzey eksponatlari orqali ma’lum edi. “55 yil davomida turkman uzunquloq ko‘rshapalak tabiatda deyarli uchratilmagan edi”, — deyiladi akademiya xabarida. Tadqiqot One Health in Nature Conservation loyihasi doirasida tashkil etilgan e

















