O‘zbekistonning “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i hududida turkman uzunquloq ko‘rshapalagi (Plecotus turkmenicus) qayd etildi, deya xabar bermoqda Zoologiya instituti olimlariga tayanib Fanlar akademiyasi.
Ilgari bu tur 1970-yilgacha to‘plangan ma’lumotlar va muzey eksponatlari orqali ma’lum edi.
“55 yil davomida turkman uzunquloq ko‘rshapalak tabiatda deyarli uchratilmagan edi”, — deyiladi akademiya xabarida.
Tadqiqot One Health in Nature Conservation loyihasi doirasida tashkil etilgan ekspeditsiya davomida o‘tkazildi. U Germaniya Atrof-muhit vazirligining Xalqaro iqlim tashabbusi (IKI) moliyaviy ko‘magida Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi tomonidan amalga oshirilmoqda."Gazeta"da reklama
2025-yilda Berlin tabiatshunoslik muzeyi rahbarligida Germaniya, O‘zbekiston va Turkmaniston tadqiqotchilari guruhi Turkmanistondagi Qoraqum cho‘lida bo‘lib, O‘zbekiston bilan chegaraga yaqin hududda turkman uzunquloq ko‘rshapalagini qayd etgan. O‘shanda bu tur qo‘shni davlat hududida ham yashashi mumkinligi haqida taxmin bildirilgan.



