Kosonsoylik Telegram orqali arzon kreditlar va’da qilib 250 mln so‘m oldi
Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida Telegram orqali past foizli kredit rasmiylashtirishni va’da qilib, fuqarolardan 250 mln so‘mdan ortiq pul olgan erkak hibsga olindi. U messengerda soxta «Mikrokredit» sahifasi yaratib, pulni oldindan bank kartalariga o‘tkazishni so‘ragan, biroq kredit bermagan va aloqani uzgan. Gumonlanuvchi ilgari firibgarlik uchun sudlangan. Unga nisbatan JK 168-moddasi uchinchi qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, tergov davom etmoqda.























