Migratsiya agentligi Germaniya Federal bandlik agentligi bilan hamkorlikda 2027-yil fevralda boshlanadigan APAL (Ausbildung) dasturiga qabul ochilganini e’lon qildi.
Dastur doirasida gulchilik va bog‘bonlik yo‘nalishlari bo‘yicha uch yillik dual kasb-hunar ta’limi taklif etilmoqda. Ta’limni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Germaniyada doimiy ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Dasturda 18−25 yoshdagi, nemis tilini kamida B1 darajasida biladigan yigit-qizlar ishtirok etishi mumkin. Nomzodlar Goethe, ECL, telc, DSD, ÖSD yoki TestDaF sertifikatlaridan biriga ega bo‘lishi kerak. Sertifikat 2026-yil fevraldan oldin olingan bo‘lmasligi lozim.
O‘rta maktab, kollej, litsey yoki texnikum bitiruvchilari dasturda qatnashishi mumkin. Oliy ma’lumotli nomzodlar qabul qilinmaydi.
Stipendiya va imtiyozlar
Ta’lim davrida ishtirokchilarga Germaniyaning qaysi federal yerida o‘qishiga qarab, oylik stipendiya to‘lanadi. Uning miqdori birinchi yilda 724−900 yevro, ikkinchi yilda 854−1000 yevro, uchinchi yilda esa 977−1100 yevroni tashkil etadi. Bu soliqlar va boshqa majburiy ushlanmalardan oldingi — brutto summalardir.
Loyiha ishtirokchilari uchun quyidagi imtiyozlar ham nazarda tutilgan:
- bepul kasb-hunar ta’limi;
- aviachipta va viza bilan bog‘liq xarajatlar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash;
- oyiga taxminan 200−250 yevro turar joy, birinchi oy bepul;
- sug‘urta xarajatlarini qoplash;
- Germaniyada nemis tilini B2 darajasigacha o‘rganish kurslari.
Hujjatlar 20-oktabrga qadar qabul qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Migratsiya agentligining 1282 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin."Gazeta"da reklama
Dastur haqida batafsil ma’lumotni Germaniya Federal bandlik agentligining saytidan (gulchi, bog‘bon) olish mumkin.
Ariza topshirish uchun quyidagi yo‘nalishlardan birini tanlang:
Ausbildung — bu Germaniyadagi o‘rta maxsus ta’lim turi bo‘lib, nazariy o‘qish va ish joyida amaliy stajirovkani birlashtiradi.



