Kompozitor Feliks Yanov-Yanovskiy vafot etdi
Kompozitor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Feliks Yanov-Yanovskiy 12-oktabr kuni Toshkentda 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi xabar berdi. Feliks Yanov-Yanovskiy 1934-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1957-yilda Toshkent davlat konservatoriyasini Naum Bronfman sinfida skripka yo‘nalishi bo‘yicha, 1959-yilda esa Boris Nadejdin sinfida kompozitsiya yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. U talabalik yillaridayoq musiqachi sifatida ish boshlagan. Drama

















