Yangiliklar

Gazeta

tafs uzdagi Gazeta maqolalari. Har bir materialda asl nashrlarga havolalar mavjud.

39 maqola

Xususiy yetkazib beruvchilar va do‘konlarda gaz ballonlari savdosi. Suyultirilgan gaz bozori qanday isloh qilinadi?

O‘zbekistonda 2027-yil 1-mayga qadar aholi uchun suyultirilgan gaz narxlarini erkinlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bu Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda tutilgan. Hujjat tartibga solinadigan suyultirilgan gaz narxlarini bosqichma-bosqich erkinlashtirish va uni aholiga yetkazib berishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirishni nazarda tutadi. Loyihaga ko‘ra, Iqtisodiyot va m

Gazeta4 daq. o‘qish

Umarali Rahmonaliyev to‘p surayotgan “Sabah” Chempionlar ligasida ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Ozarbayjonning “Sabah” futbol klubi UEFA Chempionlar ligasi asosiy bosqichining ikkinchi turida Praganing “Slaviya” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliyev Ozarbayjon klubi tarkibida maydonga tushdi. Birinchi bo‘limda mezbonlar raqib darvozasiga to‘p kiritdi, biroq Kahim Perrisning goli VAR tekshiruvidan so‘ng o‘yindan tashqari holat sababli bekor qilindi. “Slaviya” ham bir nechta xavfli vaziyatlarni yuzaga keltird

Gazeta3 daq. o‘qish

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Farg‘onada sezildi

14-oktabr kuni soat 13:50 da Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi xabar qildi . Zilzila magnitudasi epitsentr bo‘lgan Botken tumanida 3,4 ga teng bo‘lib, chuqurligi 10 kilometrni tashkil etdi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 251 km janubiy-sharqda joylashgan. O‘zbekiston hududida sezilish kuchi: Farg‘ona tumanida: 2−3 ball (18 km); Quvasoy shahrida: 2−3 ball (20 km); Farg‘ona shahrida: 2 ball (25 km); Marg‘ilon shahri

Gazeta1 daq. o‘qish

O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklari uchun soliq imtiyozlari va subsidiyalar taqdim etiladi

13-oktabr kuni O‘zbekiston prezidentining “Ilg‘or “yashil” texnologiyalar asosida issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish va aholi tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori [PQ-371-son] qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi . Qarorga ko‘ra, issiqxona xo‘jaliklariga quyidagi imtiyozlar va subsidiyalar nazarda tutildi: qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi nol foiz etib bel

Gazeta2 daq. o‘qish

O‘zbekistonliklar Turkiyadagi qurilish kompaniyasiga ishga taklif qilinmoqda

Migratsiya agentligi O‘zbekiston fuqarolarini Turkiyadagi yirik qurilish kompaniyasi loyihalarida ishlashga taklif qilmoqda. Bu haqda agentlikning “Xorijda ish” Telegram kanalida xabar berildi . Jami 124 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud. Maosh lavozimga qarab oyiga 37,5 mingdan 55 ming turk lirasigacha (taxminan 760 dollardan 1115 dollargacha) etib belgilangan. Vakansiyalar quyidagicha taqsimlangan: ekskavator operatori — 25 nafar, 47,5 ming lira (taxminan 960 dollar); g‘altak (katok) operatori — 2

Gazeta2 daq. o‘qish

O‘zbekistonda 9 oyda gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilishi oqibatida 825 mlrd so‘m zarar yetkazildi

2026-yilning 9 oyi davomida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va qoidalarni buzish bilan bog‘liq 2795 ta holat aniqlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (O‘zenergoinspeksiya) xabar berdi . Qayd etilishicha, noqonuniy ravishda 129,1 mln kub metr tabiiy gaz va 226,4 mln kVt/soat elektr energiyasidan foydalanish natijasida davlat manfaatlariga jami 825

Gazeta2 daq. o‘qish

1-noyabrdan xalqaro kurerlik joʻnatmalari uchun bojxona yigʻimi 20 foizga kamayadi

Bu choralar prezidentning 2026-yil 12-oktabrdagi «Transport-logistika tizimini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–368-son qarorida belgilandi . Qarorga muvofiq, 2026–2030-yillarda transport-logistika markazlarining yillik quvvatini kamida 40 million tonnaga yetkazish maqsad qilingan. Transport va logistika xizmatlari eksportini 3,5 milliard dollarga, Oʻzbekiston hududi orqali tranzit yuk tashish hajmini esa 18,5 million tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Barcha

Gazeta · Kun uz2 daq. o‘qish

Qibray tumani “Suv yetkazib berish xizmati” rahbari $5 ming pora bilan ushlangani aytilmoqda

Toshkent viloyati Qibray tumanida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari 5 ming dollar pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti. Tezkor tadbirda idora rahbari U.Yu. fuqaro J.B.ga G‘oliblar mahallasidagi xonadoni tegishli tashkilotlar ruxsatnomasi bilan qurilgan bo‘lishiga qaramay, uni kanalga yaqin joylashgan degan vaj bilan sudga chora ko‘rish uchun yuborishini aytgan. Mansabdor

Gazeta1 daq. o‘qish

Qashqadaryoda sel avtomobilni oqizib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

13-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanining tog‘li hududlarida kuzatilgan sel oqibatida bir kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat FVB. Ma’lum qilinishicha, soat 17:30 atrofida kuzatilgan qisqa muddatli kuchli yomg‘ir sababli tumanning Qo‘ng‘irot mahallasi Shakarbuloq qishlog‘i hududidan sel oqib o‘tgan. Yo‘ldan adashgan Damas avtomobili haydovchisi va uning hamrohi yo‘nalishni aniqlash maqsadida sel suvlari o‘tadigan hududda to‘xtagan. Shu vaqtda avtomobil sirpanib, sel y

Gazeta · Kun uz1 daq. o‘qish

“Hech kim yordam bermayapti”. Chirchiqda og‘ir texnika ishtirokidagi YTHda uyi vayron bo‘lgan oila zarar qoplanishini talab qilmoqda

10-sentabr kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi Sadriddin Ayniy ko‘chasida kombaynlar ortilgan yarim tirkama yuk mashinasidan uzilib ketdi. U nishab yo‘ldan pastga harakatlanib, keksa er-xotin — Gulbi Turdiqulova va Abduvali Berdibekovning xususiy uyiga borib urildi. Yarim tirkama g‘isht devor, uy devorlari va tomning bir qismini vayron qildi, ichki bezaklar, mol-mulk hamda gaz quvuriga zarar yetkazdi. Hodisa kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olingan surat. "Gazeta"da reklam

Gazeta12 daq. o‘qish

Aholi uchun suyultirilgan gaz narxi 2,5 baravar oshishi mumkin, ehtiyojmandlarga farq kompensatsiya qilinadi

O‘zbekistonda aholi uchun suyultirilgan gazning chakana sotish narxini oshirish taklif etilmoqda. Bu Iqtisodiyot va moliya vazirligi jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan hukumat qarori loyihasida nazarda tutilgan. Loyihaga ko‘ra, aholiga maishiy ehtiyojlar uchun yetkazib beriladigan suyultirilgan gazning chakana narxi har bir kilogramm uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan 2000 so‘mdan 5000 so‘mgacha oshirilishi mumkin. Shuningdek, LPG-Trade MCHJ va loyihada ishtirok etayotgan tadbirkorlar tomoni

Gazeta5 daq. o‘qish

Toshkent atrofidagi issiqxonalar ko‘mirda isitishni saqlab qolmoqchi. Filtrlar hozircha normalarga mos kelmayapti

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi 12-oktabr kuni Toshkent shahri va viloyatidagi issiqxona xo‘jaliklarining ekologik toza isitish texnologiyalariga o‘tish bo‘yicha takliflari haqida xabar berdi. Poytaxtda ularning faoliyatini saqlab qolish va shu bilan birga “yashil issiqxonalar”ga aylantirish imkoniyati muhokama qilinmoqda. Qo‘mitaning qayd etishicha, sovuq kunlar tushishi va atmosfera inversiyasi yuzaga kelishi, tunda harorat keskin pasayib, shamol bo‘lmasligi oqibatida, isitish

Gazeta3 daq. o‘qish

Davlat UzXCMG o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasidagi ulushini sotmoqda

E-auksion ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazm viloyatining Urganch shahridagi UzXCMG qo‘shma korxonasi ustav fondidagi davlatning 49,07 foiz ulushi elektron savdoga qo‘yildi . Korxona kon sanoati va yerosti ishlari uchun texnika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. "Gazeta"da reklama Davlat ulushining boshlang‘ich narxi 140,53 mlrd so‘mni tashkil etadi. Savdoda qatnashish uchun zakalat miqdori — 4,22 mlrd so‘m, ya’ni boshlang‘ich narxning 3 foizi. Auksion 19-oktabr kuni soat 10:00 da o‘tkaziladi. Ish

Gazeta2 daq. o‘qish

O‘zbekistonda isitish tariflari har yili 10 foizgacha oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda 2028-yildan markazlashgan issiqlik ta’minoti tariflarini inflyatsiyani hisobga olgan holda har yili oshirish taklif etilmoqda. Bu Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi muhokamaga qo‘ygan hukumat qarori loyihasida nazarda tutilgan . Loyihaga ko‘ra, tariflar har yili 1-maydan boshlab yillik inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda indeksatsiya qilinadi, biroq o‘sish 10 foizdan oshmaydi. Indeksatsiya uchun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot

Gazeta3 daq. o‘qish

Kompozitor Feliks Yanov-Yanovskiy vafot etdi

Kompozitor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Feliks Yanov-Yanovskiy 12-oktabr kuni Toshkentda 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi xabar berdi. Feliks Yanov-Yanovskiy 1934-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1957-yilda Toshkent davlat konservatoriyasini Naum Bronfman sinfida skripka yo‘nalishi bo‘yicha, 1959-yilda esa Boris Nadejdin sinfida kompozitsiya yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. U talabalik yillaridayoq musiqachi sifatida ish boshlagan. Drama

Gazeta2 daq. o‘qish

O‘zbekistonda isitish va issiq suv tariflari oshirilishi mumkin, Toshkentda — 30 foizga

O‘zbekistonda aholi uchun isitish va issiq suv ta’minoti tariflarini 2026-yil 1-noyabrdan oshirish rejalashtirilmoqda. Bu Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi muhokamaga qo‘ygan hukumat qarori loyihasida nazarda tutilgan . Hujjatda mamlakat bo‘ylab issiqlik ta’minoti korxonalari uchun yangi tariflarni tasdiqlash taklif qilingan. Qaror qabul qilinganidan keyin uch kun ichida yuridik shaxslar uchun tariflarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tasdiqlashi kerak

Gazeta3 daq. o‘qish

2027-yilda qariyb 4 million gektar yaylovni qayta tiklash vazifasi qoʻyildi

Taqdimotda qayd qilinishicha, mamlakatimizda 21 million 255 ming gektar yaylov mavjud, biroq ularning atigi 40 foizidan samarali foydalanilmoqda. Davlat rahbari ushbu katta imkoniyatni toʻliq ishga solish yurtimiz oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda favqulodda muhim ekanini koʻrsatib oʻtdi. Yaqinda yaylovlardan samarali foydalanish boʻyicha imzolangan Prezident qarori ijrosini tashkil etish vazifalari belgilandi. Hokimlar oldiga yil yakunigacha 620 ming gektar, kelgusi yilda 3 million 700 min

Kun uz · Gazeta2 daq. o‘qish

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln soʻmdan ajratish rejalashtirilmoqda

Loyihaga koʻra, 2026/2027-yilgi isitish mavsumida, jumladan, joriy yilning noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga 1 mln soʻmdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi. Mablagʻ 2026-yil 30-noyabrga qadar fuqarolarning ijtimoiy karta yoki bank kartasiga oʻtkaziladi. Yordam Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga beriladi. Shuningdek, reyestrga kirmagan, lekin «mahalla yettiligi» xulosasi va idoralar axborot tizimlaridagi maʼlumotlar asosida mezonga mos keladigan, oiladagi jon boshiga daromadi minimal

Kun uz · Gazeta2 daq. o‘qish