Uchtepaning 15 mahallasi va Shayxontohur tumanining 9 mahallasida suv berilmaydi
Toshkentning Uchtepa va Shayxontohur tumanlarida 14-oktabr soat 09:00 dan 15-oktabr soat 15:00 gacha ichimlik suvi vaqtincha berilmaydi. Uchtepa tumanida cheklovlar Ipakchilik ko‘chasidan Foziltepa ko‘chasigacha bo‘lgan uchastkadagi 300 mm diametrli magistral suv quvurini ta’mirlash bilan bog‘liq. Uchtepaning 15 mahallasi va Shayxontohur tumanining 9 mahallasi suvsiz qoladi. Aholi suvni oldindan zaxiralashga chaqiriladi; ishlar tugagach suv berilishi qayta tiklanadi.























