Asosiy ma’lumotlar

  • Toshkentda Xitoydan kelgan posilkada 24 kg 974 g pregabalin topildi
  • Ikki erkak ushlanib, JK 246-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi
  • Operativ tadbirni DXX va «Toshkent-AERO» bojxona majmuasi xodimlari o‘tkazdi

Toshkentda Xitoydan kelgan posilkani qabul qilish paytida ikki erkak ushlandi, posilka ichidan deyarli 25 kg pregabalin topildi.

Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. Operativ tadbir DXX xodimlari bilan birgalikda «Toshkent-AERO» maxsus bojxona majmuasining kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazildi.

Posilkada oq kukun ko‘rinishidagi 24 kg 974 g pregabalin topildi. Toshkentlik 1998 va 2000-yillarda tug‘ilgan ikki erkak ushlandi. Erkaklarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ular qamoqqa olindi. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.