Asosiy ma’lumotlar

  • Donyor Yusupov Toshkent hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi
  • U shahar kanallari ekspluatatsiyasi va obodonlashtirish boshqarmasiga rahbarlik qiladi
  • Oldin Yunusobod tumani hokimining o‘rinbosari bo‘lgan

Donyor Yusupov Toshkent hokimining o‘rinbosari va shahar kanallarini ekspluatatsiya qilish hamda atrofdagi hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Tayinlanishidan oldin u Yunusobod tumani hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Yusupov Toshkent avtomobil-yo‘l institutining bakalavriatura va magistratura bosqichlarini tamomlagan. Turli yillarda yo‘l qurilishi va ta’miri bilan bog‘liq tuzilmalarda, shuningdek, Yunusobod tumani hokimligida ishlagan, deb xabar qiladi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.