Infantinoga Jahon chempionatidan 1,72 mln dollar to‘langan: mablag‘ hisobotda ko‘rsatilmagan
FIFA prezidenti Janni Infantinoga 2024-yilda 2026-yilgi Jahon chempionatini tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi FWC2026 tashkilotidan 1,72 mln dollar miqdorida to‘lov amalga oshirilgan. Bu haqdagi ma’lumotlar AQSH Ichki daromadlar xizmati (IRS) hujjatlari va FIFA moliyaviy ma’lumotlarini o‘rgangan ESPN surishtiruvida keltirilgan . FIFA esa o‘z nizomi buzilgani haqidagi da’volarni rad etmoqda. FWC2026 - FIFA tomonidan AQSHda 2026-yilgi Jahon chempionatini boshqarish va tashkil etish uchun tuzilg

















