Yangiliklar

Zamon.uz

tafs uzdagi Zamon.uz maqolalari. Har bir materialda asl nashrlarga havolalar mavjud.

34 maqola

Farg‘onada tezlik fojiasi: BMW haydovchisi YTHda vafot etdi

Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan BMW haydovchisi tezlikni oshirishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, halokatga uchradi. YTH oqibatida haydovchi halok bo‘lgan. U avval ham guvohnomasiz avtomobil boshqargani uchun ogohlantirilgan va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi . Maʼlum qilinishicha, Qo‘qon shahrida yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash va qo‘pol qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida re

Zamon.uz1 daq. o‘qish

Qurilish litsenziyasi 2–3 kunda berilishi mumkin: oylab kutiladigan jarayon raqamlashtiriladi

Qurilish sohasida litsenziya olish yoki uning toifasini oshirish uchun talab etiladigan 30–40 tagacha hujjatni taqdim etish majburiyatini bekor qilish taklif etilmoqda. Yangi tartib joriy etilsa, ilgari 2–3 oygacha vaqt olgan jarayonni onlayn tarzda 2–3 kun ichida amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Bu haqda OAV uchun Kontent tayyorlash markazida o‘tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ma’lum qildi. Uning aytishicha, vazirlik

Zamon.uz1 daq. o‘qish

Ebola qurbonlari soni ortmoqda: o‘lim holatlari 4 381 taga yetdi

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusini yuqtirish oqibatida 4 381 kishi vafot etdi, infeksiya bilan kasallanganlar soni esa 9 066 nafarga yetdi. Bu haqda Associated Press mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, sentabr oyi oxirida mamlakatda Ebola oqibatida 3 900 ta o‘lim va 8 mingta infeksiya holati qayd etilgan. Shundan buyon kasallanganlar va vafot etganlar soni sezilarli darajada oshgan. Qurbonlar sonining ko‘payishi tibbi

Zamon.uz1 daq. o‘qish

24 soat ichida 104 ta zarba: husiylar Saudiya Arabistonini ayblamoqda

Yamandagi husiylar harbiy qo‘mondonligi vakili Yahyo Sari Saudiya Arabistoni so‘nggi 24 soat ichida mamlakat hududlariga 104 ta havo va raketa hujumi uyushtirganini ma’lum qildi. Uning da’vo qilishicha, zarbalar fuqarolik infratuzilmasiga ham tekkan va tinch aholi orasida qurbonlar bor. Brigada generali Yahyo Sarining ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, hujumlar Yaman poytaxti Sano hamda Dhamar, Taiz, Amron, Lahj, Al-Javf, Marib, Saada va Hodeyda viloyatlarida amalga oshirilgan. Uning ta’kidlashi

Zamon.uz1 daq. o‘qish

Prezident tashabbusi amalda: Islom sivilizatsiyasi markazida dual taʼlim yo‘lga qo‘yildi

Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida talabalarni bevosita ish jarayonida tayyorlashga qaratilgan dual ta’lim yo‘lga qo‘yildi . Hamkorlik doirasida bo‘lajak jurnalistlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va gid-jurnalistlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratiladi. 2026-yil 30-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev pedagoglar bilan uchrashuvda oliy ta’limda dual ta’limni rivojlantirish, universitetlar va ish ber

Zamon.uz2 daq. o‘qish

Sel va fojia: Qashqadaryoda Damas oqizib ketilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida kuchli yomg‘ir sabab yuzaga kelgan sel oqimi Damas avtomobilini oqizib ketdi. Hodisa oqibatida avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi . Ma’lum qilinishicha, 13-oktyabr kuni soat 17:30 atrofida tumanning tog‘li hududlarida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘gan. Buning oqibatida Qo‘ng‘irot mahallasidagi Shakarbuloq qishlog‘i hududidan sel oqimi o‘tgan. Shu vaqtda yo‘ldan

Zamon.uz · Darakchi.uz1 daq. o‘qish

Eronga qarshi yangi hujum ehtimoli: Tramp va Netanyaxu bir necha bor muzokara o‘tkazgan

Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiyani qayta boshlash ehtimolini muhokama qilgan. Bu haqda Isroilning N12 telekanali xabar berdi . Manbalarga ko‘ra, so‘nggi ikki hafta davomida ikki mamlakat rasmiylari o‘rtasida bir necha bor muzokaralar o‘tkazilgan. Netanyaxu qo‘shma zarbalar zarurligini Eronning yadroviy dasturini qayta tiklashga urinayotgani haqidagi xavotirlar bilan izohlagan. Axios xabarida aytilishicha, o‘tgan hafta bo‘lib o‘

Zamon.uz2 daq. o‘qish

Yandex Go’dagi uzilishlar: xizmatlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda

Yandex Uzbekistan kompaniyasi mamlakatda vaqtincha uzilib qolgan Yandex Go va boshqa xizmatlar bosqichma-bosqich tiklanayotganini ma’lum qildi . Hozir ko‘plab xizmatlar odatiy rejimda ishlamoqda, biroq ayrim funksiyalarda xatoliklar kuzatilishi mumkin. Yandex Uzbekistan ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda foydalanuvchilar, haydovchilar, kuryerlar va hamkorlar uchun to‘lovlar hamda qo‘llab-quvvatlash xizmatlari barqarorligini ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Kompaniya taksi xizmatidagi hamkorl

Zamon.uz1 daq. o‘qish

Issiqxona egalari uchun yangi imtiyozlar: soliqlarni 50 foizga kamaytirish taklif qilindi

Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy etish va ularning ekologik xavfsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan taqdimot bilan tanishdi . Taqdimotda shaxsiy tomorqalardagi issiqxonalarni modernizatsiya qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator imtiyozlar taklif qilindi. Jumladan, 2030-yilgacha tomorqa issiqxonalari uchun yer va mol-mulk soliqlarini 50 foizga kamaytirish, ularni aylanmadan o

Zamon.uz1 daq. o‘qish

5,8 kg pregabalin va 100 mingta bo‘sh kapsula: Gulistonda narkolaboratoriya aniqlandi

Guliston shahrida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullangan shaxslar tashkil etgan narkolaboratoriya fosh qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, 2003 va 2005-yillarda tug‘ilgan uch nafar mahalliy fuqaro ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qayta is

Darakchi.uz · Zamon.uz1 daq. o‘qish

AQSh Davlat kotibi O‘zbekistonga keladi: tashrifdan ko‘zlangan maqsad nima?

AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi dasturiga oid yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi idorasi xabariga ko‘ra , safar Vashingtonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan strategik hamkorligini mustahkamlash, savdo va investitsiya aloqalarini kengaytirishga qaratilgan. Marko Rubio 17–22-oktyabr kunlari O‘zbekistonning Samarqand shahri, shuningdek, Hindistonning Mumbay va Jamnagar shaharlariga boradi. Samarqandda AQSh Davlat kotibi C5+1 vazi

Darakchi.uz · Zamon.uz1 daq. o‘qish

Isitish tariflari har yili 10 foizgacha oshishi mumkin: yangi tartib taklif qilindi

O‘zbekistonda 2028-yildan boshlab markazlashgan isitish tariflarini inflyatsiyani hisobga olgan holda har yili indeksatsiya qilish taklif etilmoqda. Bunda tariflarning yillik oshishi 10 foizdan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Shu bilan birga, issiqlik energiyasi iste’moli me’yorlari pasaytirilsa, aholi uchun tariflarni ham kamaytirish nazarda tutilgan. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan muhokamaga qo‘yilgan hukumat qaror lohiyasida so‘z boradi . Loyihaga ko‘ra, isitish

Darakchi.uz · Zamon.uz2 daq. o‘qish

Bolgariya sohillarida kema dron hujumidan cho‘kdi: 11 dengizchi bedarak yo‘qoldi

Bolgariya qirg‘oqlari yaqinida ikkita yuk kemasiga dronlar bilan hujum qilindi. Ulardan biri cho‘kib ketgan, uning 11 nafar ekipaj a’zosi bedarak yo‘qolgan. Hodisalar ortidan Bolgariya Rossiya elchisini izoh berish uchun chaqirdi . Bolgariya rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, hujumlar seshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. HS Dignity nomli, Gvineya-Bisau bayrog‘i ostida suzgan kema Ruminiya chegarasi yaqinidagi Krapets qishlog‘i sohillarida cho‘kib ketgan. Uning besh nafar ekipaj a’zosi qutqarilgan

Zamon.uz2 daq. o‘qish

Ar-Riyod aeroporti 17-oktyabrgacha yopiq qoladi: husiylar hujumlaridan keyin tekshiruvlar davom etmoqda

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi Podshoh Xolid xalqaro aeroporti faoliyati husiylar hujumlari ortidan 17-oktyabrgacha to‘xtatib turiladi. Mamlakat hukumatining aviatsiya xavfsizligini ta’minlash choralari doirasida aeroportda tekshiruvlar davom etmoqda. Saudiya Arabistoni Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi 12-oktyabr kuni aeroport faoliyatini to‘xtatib turish muddati uzaytirilganini ma’lum qildi. Idora bunga aeroport infratuzilmasi xavfsizligini tekshirish va uning faoliyatni qayta

Zamon.uz2 daq. o‘qish

Ehtiyojmand oilalarga yordam: 1 mln so‘mdan ajratish taklif qilindi

2026-yil noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga bir martalik 1 mln so‘mdan moddiy yordam ajratish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya olish mezonlarini kengaytirish, ayrim hududlarda elektr energiyasining bazaviy iste’mol me’yorini oshirish taklif etilmoqda. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident farmoni loyihasida so‘z boradi . Loyihaga ko‘ra, yordam Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardan tashqari, jon boshiga daromadi minimal iste’

Zamon.uz · Darakchi.uz2 daq. o‘qish

Piskent tumani hokimiga hayfsan: bunga fermerlar bilan bog‘liq mojaro sabab bo‘ldi

Toshkent viloyati Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Bunga davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari va kasb etikasiga rioya qilinmagani asos bo‘lgan. Bu viloyat hokimi Zoir Mirzayevning 13-oktyabrdagi farmoyishida belgilandi . Farmoyishga ko‘ra, intizomiy jazo Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 595-son qarori talablariga rioya qilinmagani sababli qo‘llangan. Hujjatni qabul qilishga Korrupsiyaga qarshi kurashis

Zamon.uz1 daq. o‘qish

O‘zligini anglagan jamiyatgina o‘z kelajagini qura oladi

Bugun dunyo juda tez o‘zgaryapti. Texnologiyalar, iqtisodiyot, shaharlar, odamlarning yashash tarzi yangilanmoqda. Bunday davrda har qanday davlat oldida ikki katta vazifa turadi: zamondan ortda qolmaslik va shu jarayonda o‘zligini yo‘qotmaslik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan “O‘Z” falsafasi aynan shu ikki tushunchani bir nuqtada birlashtiradi: O‘zbekiston. O‘zgarish. O‘zlik. Mas’uliyat. Bu yerda “o‘z” so‘zi bejiz markazga qo‘yilmagan. Chunki inson ham, jamiyat ham avvalo o‘zini an

Zamon.uz3 daq. o‘qish

Andijonda YTH: Chery haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi

13-oktyabr kuni Andijon shahrida avtomobil maktab o‘quvchisini urib yubordi. Haydovchi hodisa joyidan ketmagan va jabrlangan bolani shoshilinch tibbiy yordam muassasasiga olib borishda ishtirok etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati ma’lum qildi . Hodisa soat 12:30 larda Shabnam ko‘chasidagi 56-sonli maktab qarshisida sodir bo‘lgan. 1957-yilda tug‘ilgan T.U. boshqaruvidagi Chery Tiggo 8 Pro avtomobili tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan o‘quvchini urib

Zamon.uz · Darakchi.uz1 daq. o‘qish