O‘zbekistonda kuryer yuboruvlari uchun yig‘im kamaytiriladi va logistika infratuzilmasi kengaytiriladi
2026-yil 1-noyabrdan O‘zbekistonda xalqaro kuryer yuboruvlarini rasmiylashtirish bojxona yig‘imi 20% ga kamaytiriladi. Bu Prezidentning 12-oktyabrdagi «Transport-logistika tizimini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida nazarda tutilgan. Hujjat 2026–2030-yillar uchun maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilaydi: 2030-yilga transport-logistika markazlarining yillik quvvati kamida 40 mln tonnaga, transport va logistika xizmatlari eksporti 3,5 mlrd dollarga yetkaziladi, tranzit yuk tashish hajmi 18,5 mln tonnaga yetadi. Xalqaro quruqlik portlari soni 24 tadan 30 taga ko‘paytiriladi, chegara o‘tish punktlari va konteynerlarni qayta ishlash quvvati ikki barobar oshiriladi. Transport logistikasiga ixtisoslashgan hududlar sifatida Xonobod, Olot, Termiz tumanlari hamda Yangiyo‘l va Ohangaron tumanlari belgilandi.

















