Toshkentda Xitoydan kelgan posilkada deyarli 25 kg kuchli ta’sirli modda topildi
Toshkentda Xitoydan kelgan posilkani qabul qilish paytida ikki erkak ushlandi, posilka ichidan 24 kg 974 g pregabalin topildi. Operativ tadbirni DXX xodimlari «Toshkent-AERO» maxsus bojxona majmuasining kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi bilan birgalikda o‘tkazdi. Ushtlanganlar 1998 va 2000-yillarda tug‘ilgan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, ular qamoqqa olindi, tergov harakatlari davom etmoqda.























