Yaponiyada ishlash uchun nomzodlar Angrendagi markazda saralanishi kutilmoqda
«Dunyo» axborot agentligi xabariga koʻra, bu masalalar Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida Proud Partners kompaniyasi rahbariyati bilan oʻtkazilgan uchrashuvda muhokama qilingan . Muzokaralarda Angren shahrida faoliyat yuritayotgan Uzbekistan Proud Academy - UPA markazi doirasidagi hamkorlikni kengaytirishga eʼtibor qaratilgan. Xususan, oʻzbekistonlik yoshlarga yapon tili va zarur kasbiy koʻnikmalarni oʻrgatish, keyinchalik ularni Yaponiyada ishga joylashtirish masalalari koʻrib chiqilga

















