Yangiliklar

Kun uz

tafs uzdagi Kun uz maqolalari. Har bir materialda asl nashrlarga havolalar mavjud.

74 maqola

Yaponiyada ishlash uchun nomzodlar Angrendagi markazda saralanishi kutilmoqda

«Dunyo» axborot agentligi xabariga koʻra, bu masalalar Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida Proud Partners kompaniyasi rahbariyati bilan oʻtkazilgan uchrashuvda muhokama qilingan . Muzokaralarda Angren shahrida faoliyat yuritayotgan Uzbekistan Proud Academy - UPA markazi doirasidagi hamkorlikni kengaytirishga eʼtibor qaratilgan. Xususan, oʻzbekistonlik yoshlarga yapon tili va zarur kasbiy koʻnikmalarni oʻrgatish, keyinchalik ularni Yaponiyada ishga joylashtirish masalalari koʻrib chiqilga

Kun uz1 daq. o‘qish

Kiyevda raketa toʻqqiz qavatli uyga urildi

DW xabariga koʻra, raketa Kiyevning shimoli-sharqidagi Desnyanskiy tumanida joylashgan uyga tekkan. Binoning pastki sakkiz qavatidagi xonadonlarda yongʻin chiqqan . Klichko 16 nafar jarohatlangan kishi kasalxonaga yotqizilganini, jabrlanganlarning toʻrt nafari ogʻir ahvolda ekanini bildirgan. Mer, shuningdek, Solomenskiy tumanida dron ofis binosiga urilgani, Darnitskiy tumanida dron parchalari stadion hududiga tushgani va Desnyanskiy tumanida omborxona yonganini maʼlum qilgan. Ukraina prezide

Kun uz2 daq. o‘qish

Uch kun 12 soatdan ish, qolgan kunlar dam: Mers moslashuvchan ish tartibini qoʻlladi

DW xabariga koʻra, Mers 13-oktabr kuni Berlinda Germaniya ish beruvchilar uyushmalari federal birlashmasi - BDA tashkil etgan «Ish beruvchilar kuni» tadbirida soʻzga chiqqan . Kanslerning fikricha, ish vaqtini moslashuvchan tashkil etish korxonalarga ham, xodimlarga ham yangi imkoniyatlar yaratadi. «Xalqaro korxonalar bor, ularda ketma-ket 12 soat ishlashadi. Haftasiga uch marta, keyin esa - yetarli», - degan Mers. Uning bahosicha, bunday tartib xodimlarga oilasi uchun koʻproq vaqt ajratish i

Kun uz2 daq. o‘qish

Oʻzbekistonda ayrim muhim obyektlarni toʻgʻridan toʻgʻri foydalanishga qabul qilish tartibi belgilandi

Hukumatning 2026-yil 12-oktabrdagi 560-son qarori bilan qurilishi tugallangan obyektlarni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga oʻzgartirish kiritildi . Qarorga koʻra, bunday obyektlarni qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan Davlat qabul komissiyasi, buyurtmachilar tomonidan esa ishchi komissiya tuziladi. Obyektlar ushbu komissiyalarning dalolatnomalarini rasmiylashtirish va tasdiqlash

Kun uz1 daq. o‘qish

Rossiyadan uchib ketish arafasida yapon jurnalisti josuslik gumoni bilan ushlandi

DW xabariga koʻra, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 13-oktabr kuni jurnalist Federal xavfsizlik xizmati - FXX tomonidan ushlanganini maʼlum qilgan. Imai Yuki Rossiya TIV akkreditatsiyasiga ega boʻlgan . «Interfaks» huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tayanib, shu kuni Moskvaning Lefortovo sudi muxbiriga nisbatan qamoq ehtiyot chorasini qoʻllaganini xabar qilgan. Uning «Lefortovo» tergov hibsxonasida saqlanishi kutilmoqda. FXX talqiniga koʻra, jurnalist Rossiya mudofaa qobiliyatiga aloqador maʼ

Kun uz2 daq. o‘qish

Toshkentda GAC Aion piyodalar oʻtish joyida odamni urib yubordi

Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, hodisa 13-oktabr kuni soat 19:00 larda Mirzo Ulugʻbek koʻchasidagi Ekobozor qarshisida sodir boʻlgan . Avtomobilni 2005-yilda tugʻilgan M.A. boshqarib ketayotgan boʻlgan. U tartibga solingan oʻtish joyidan harakatlanayotgan piyodani urib yuborgan. Xabarda piyodaning yoshi va ahvoli, shuningdek, hodisa vaqtida svetoforning qaysi chirogʻi yongani ochiqlanmagan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari surishtiruv oli

Kun uz1 daq. o‘qish

Moskvaga uchayotgan 30 dan ortiq samolyot boshqa shaharlarga qoʻndi

DW xabariga koʻra, Sobyanin dronlar Moskva viloyatining aynan qaysi hududlarida yoʻq qilingani va ularning ehtimoliy nishonlari haqida maʼlumot bermagan . «Rosaviatsiya»ning bildirishicha, 13-oktabr oqshomida Vnukovo, Domodedovo, Sheremetevo va Jukovskiy aeroportlarida samolyotlarni qabul qilish va uchirishga vaqtincha cheklovlar kiritilgan. TASS maʼlumotiga koʻra, Moskvaga uchayotgan 30 dan ortiq samolyot boshqa shaharlarga yoʻnaltirilgan. Jumladan, Vnukovoga qoʻnishi kerak boʻlgan 19 ta samo

Kun uz1 daq. o‘qish

40 sotix yerni auksionsiz vaʼda qilganlar 11 500 dollar olayotganda ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departament maʼlumotiga koʻra, tezkor tadbir uning Namangan viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan . Tadbirda Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi xodimi X.D. va fuqaro B.A. ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Qayd etilishicha, ular oʻzaro til biriktirib, fuqaro M.E.ga Mingbuloq tumanidagi 40 sotix yer maydonini auksion savdolarisiz uning nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan. Buni

Kun uz1 daq. o‘qish

«Putinga sovgʻa»: AQShning 12 senatori Trampni dizel kelishuvini bekor qilishga chaqirdi

DW xabariga koʻra, Richard Blyumental boshchiligidagi senatorlar 13-oktabr kuni AQSH prezidentiga shu mazmunda maktub yoʻllagan . Murojaatda Kongress va Amerika xalqi Ukrainadagi urush tugashini qoʻllab-quvvatlashi, biroq tinchlik adolatli shartlar asosida oʻrnatilishi kerakligi taʼkidlangan. Senatorlar Rossiya dizel eksportiga nisbatan AQSH sanksiyalarining bekor qilinishi Putinning harbiy tizimini qoʻshimcha mablagʻ bilan taʼminlashi va Ukraina tinch aholisiga hujumlarni davom ettirish imkon

Kun uz2 daq. o‘qish

Tramp: AQSH Ukraina bilan razvedka maʼlumotlari almashishni toʻxtatmadi

AQSH Ukraina bilan razvedka maʼlumotlari almashishni toʻxtatgani yoʻq. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan muloqot chogʻida maʼlum qildi, deb xabar berdi Clash Report. «Yoʻq, toʻxtatganimiz yoʻq. Biz ularga yordam beryapmiz. Biz haqiqatan ham ularga yakuniy toʻxtamga kelishda yordamlashyapmiz. Biz urush tugashini xohlaymiz», - dedi Tramp. Rossiya prezidenti Vladimir Putin urush tugashini goʻyoki Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiydan koʻra koʻproq istayotganiga nega bu

Kun uz2 daq. o‘qish

Uitkoff Ukraina bilan muzokara vaqtida Putin bilan gaplashib kelgan – NYT

Golf-klubdagi siyosat Tramp Putin bilan dizel boʻyicha kelishayotgan bir vaqtda AQSH, Ukraina va Yevropa vakillari uchrashuv oʻtkazayotgan boʻlgan. Ukrainlar oʻz taklifini, yevropaliklar oʻz taklifini ilgari surgan, shunda butun boshli Amerika nomidan gapirish vakolatiga ega boʻlgan Uitkoff «Shoshmay turing, janoblar, men hozir kelaman», deb xonadan chiqib ketib, toping-chi qayerga borgan? Putin nima deyotganini eshitish uchun uning Tramp bilan suhbatiga uchinchi odam boʻlib qoʻshilgan! Butun

Kun uz2 daq. o‘qish

NASA marsyurari rekord oʻrnatdi

AQSH Milliy aeronavtika va fazoni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA) oʻzining Perseverance marsyurari 2026-yil 11-oktabr holatiga koʻra Mars boʻylab 45,22 km yoʻl bosib, boshqa sayyora sirtida bosib oʻtilgan umumiy masofa boʻyicha yangi rekord oʻrnatganini bildirdi. Ushbu natija apparatga NASA’ning Opportunity marsyurari tomonidan 2004-yildan 2018-yilgacha Marsdagi faoliyati davomida oʻrnatilgan avvalgi rekordni (45,16 km) yangilash imkonini berdi. NASA maʼlumotlariga koʻra, Perseverance bosib o

Kun uz1 daq. o‘qish

2026-yilgi Nobel mukofoti kimlarga va nima uchun berildi?

2026-yilgi mavsum gʻoliblari 5–12-oktabr kunlari eʼlon qilindi . Olti yoʻnalishdagi mukofot olimlar, shoira va huquqshunosga nasib etdi. Tinchlik mukofotiga Gʻazoda genotsid sodir etilgan, degan xulosaga kelgan BMT komissiyasi rahbari munosib koʻrildi. Bu safar ham mukofotdan quruq qolgan prezident Tramp Nobel qoʻmitasini keskin tanqid qildi. Mukofotlar oʻz egalariga 10-dekabr - Alfred Nobel vafot etgan kuni Stokgolm va Oslo shaharlarida topshiriladi. Nobel laureatlari va nomzodlar qanday tanla

Kun uz2 daq. o‘qish

Alibaba ikkinchi avlod «aqlli» koʻzoynagini taqdim etdi

Xitoyning Alibaba kompaniyasi arxi $450 dan boshlanadigan Qwen asosidagi ikkinchi avlod «aqlli» koʻzoynagini taqdim etdi, deb yozdi Bloomberg. Qurilmaning jami ikkita - N1 va N1 Pro versiyasi mavjud. Ikkinchisi qoʻshimcha ravishda nigohni kuzatish tizimi bilan jihozlangan boʻlib, koʻzoynak foydalanuvchi qaysi obyektga qarayotganini aniqlay oladi, uni sunʼiy intellekt yordamida taniydi va u haqida maʼlumot beradi. N1 Pro, shuningdek, koʻzning rangdor pardasi orqali tasdiqlanadigan toʻlovlarni q

Kun uz1 daq. o‘qish

Apple aqlli uyni boshqarish uchun oʻzining ilk xabini taqdim etdi

Apple 2021-yildan beri turli mish-mishlarga sabab boʻlib kelgan aqlli uyni boshqarishga moʻljallangan oʻzining ilk HomeView brend xabini taqdim etdi. Bu 7 dyuymli sensorli ekran, A18 protsessori hamda FaceTime videoqoʻngʻiroqlari uchun kameraga ega qurilmadir. Uning asosini yangilangan Siri AI ovozli yordamchisi hamda xonadondagi har bir kishi uchun moslashtirilgan interfeysni ishga tushiruvchi yuzni tanish funksiyasi tashkil etadi. Shaxsni aniqlagach, HomeView shaxsiy xabarlar, taqvimlar, esla

Kun uz2 daq. o‘qish

SI agentlari maishiy texnikalarni egallab olishga erishishi bashorat qilindi

Kichik SI modellari 2026-yil oxiriga borib, internetga ulangan maishiy elektronika va uy texnikalari orqali oʻz-oʻzini koʻpaytirishni oʻzlashtirishi mumkin. Anthropic kompaniyasi shunday xulosaga keldi. Anthropic tadqiqotchilari quyidagicha tajriba oʻtkazdi: har biri taxminan 55 dollar turadigan 15 ta Android-TV pristavkasi yagona tarmoqqa birlashtirildi va unda 26 milliard parametrli SI modeli muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Shundan soʻng mutaxassislar modellarning begona qurilmalarga mustaqi

Kun uz2 daq. o‘qish

2027-yilda qariyb 4 million gektar yaylovni qayta tiklash vazifasi qoʻyildi

Taqdimotda qayd qilinishicha, mamlakatimizda 21 million 255 ming gektar yaylov mavjud, biroq ularning atigi 40 foizidan samarali foydalanilmoqda. Davlat rahbari ushbu katta imkoniyatni toʻliq ishga solish yurtimiz oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda favqulodda muhim ekanini koʻrsatib oʻtdi. Yaqinda yaylovlardan samarali foydalanish boʻyicha imzolangan Prezident qarori ijrosini tashkil etish vazifalari belgilandi. Hokimlar oldiga yil yakunigacha 620 ming gektar, kelgusi yilda 3 million 700 min

Kun uz · Gazeta2 daq. o‘qish

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln soʻmdan ajratish rejalashtirilmoqda

Loyihaga koʻra, 2026/2027-yilgi isitish mavsumida, jumladan, joriy yilning noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga 1 mln soʻmdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi. Mablagʻ 2026-yil 30-noyabrga qadar fuqarolarning ijtimoiy karta yoki bank kartasiga oʻtkaziladi. Yordam Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga beriladi. Shuningdek, reyestrga kirmagan, lekin «mahalla yettiligi» xulosasi va idoralar axborot tizimlaridagi maʼlumotlar asosida mezonga mos keladigan, oiladagi jon boshiga daromadi minimal

Kun uz · Gazeta2 daq. o‘qish