Bolalar xavfsizligi xavf ostida: Damas‘da 11 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchi ushlandi
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Toshkent mahallasida Damas rusumli avtomobilda bog‘cha bolalarini meʼyordan ortiq miqdorda tashiyotgan haydovchi aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi . Qayd etilishicha, holat 8 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Haydovchi shaxsiy avtomobilida 13 nafar bolani olib ketayotgan vaqtda to‘xtatilgan. Unga nisbatan transport vositasida odam tashish qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, profilaktik tushuntirish ishlari























