Migratsiya agentligi O‘zbekiston fuqarolarini Turkiyadagi yirik qurilish kompaniyasi loyihalarida ishlashga taklif qilmoqda. Bu haqda agentlikning “Xorijda ish” Telegram kanalida xabar berildi.

Jami 124 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud. Maosh lavozimga qarab oyiga 37,5 mingdan 55 ming turk lirasigacha (taxminan 760 dollardan 1115 dollargacha) etib belgilangan.

Vakansiyalar quyidagicha taqsimlangan:

Ish tartibi va talablar

Ish kuniga 10 soat, haftasiga olti kun davom etadi. Mehnat shartnomasi bir yilga tuziladi, uni keyinchalik ikki-uch yilgacha uzaytirish imkoniyati bor. Sinov muddati ikki oyni tashkil etadi. Belgilangan ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi."Gazeta"da reklama

Nomzodlar 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan erkaklar bo‘lishi kerak. Ular kamida umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotga, o‘z sohasida kamida ikki yillik ish tajribasiga va turk tilini o‘rta darajada bilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. Shuningdek, nomzodlar sog‘lom, mehnatkash va spirtli ichimlik iste’mol qilish kabi zararli odatlardan xoli bo‘lishi talab etiladi.

Qanday xarajatlar qoplanadi?

Ish beruvchi O‘zbekistondan Turkiyaga aviachipta, aeroportdan ish joyigacha va mahalliy transport (avtobus) xarajatlarini qoplaydi. Shuningdek, Turkiyada ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish, yotoqxona, bepul ovqatlanish, tibbiy va davlat ijtimoiy sug‘urtasi (SGK), ish jarayonidagi baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash hamda soliq to‘lovlari ish beruvchi hisobidan amalga oshiriladi.

Arizalar 2026-yil 16-oktabrga qadar qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun yuqoridagi vakansiyalar nomini bosing.

Taqdim etilgan hujjatlar ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Talablarga mos kelgan nomzodlar keyingi bosqich — suhbatga taklif etiladi.