Asosiy ma’lumotlar
- 23–25-oktyabrda Namanganda V Xalqaro asal festivali bo‘lib o‘tadi
- Dasturda ko‘rgazma-savdo, yarmarkalar, o‘sh chempionati va konsertlar bor
- Festival xalqaro hamkorlik va eksport imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan
23–25-oktyabr kunlari Namangandagi «Afsonalar vodiysi» tematik bog‘ida V Xalqaro asal festivali bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda mahalliy va xorijiy asal ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar, xalqaro ekspertlar va tarmoq vakillari qatnashadi.
Dasturga asal va asalarichilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xalq amaliy san’ati buyumlari yarmarkalari, qishloq xo‘jaligi ishlanmalari ko‘rgazmasi, shuningdek, biznes uchrashuvlari va tajriba almashish kiradi. Bundan tashqari, o‘zbek oshi tayyorlash bo‘yicha chempionat, konsertlar va madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar rejalashtirilgan.
Chet ellik mehmonlar va biznes vakillari uchun Namangan viloyatining investitsiya, iqtisodiy va turistik obyektlari bo‘ylab ma’lumot sayohatlari tashkil etiladi.
Festival asalarichilik sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.



