Yangiliklar

Kun uz

tafs uzdagi Kun uz maqolalari. Har bir materialda asl nashrlarga havolalar mavjud.

76 maqola

2027-yilda qariyb 4 million gektar yaylovni qayta tiklash vazifasi qoʻyildi

Taqdimotda qayd qilinishicha, mamlakatimizda 21 million 255 ming gektar yaylov mavjud, biroq ularning atigi 40 foizidan samarali foydalanilmoqda. Davlat rahbari ushbu katta imkoniyatni toʻliq ishga solish yurtimiz oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda favqulodda muhim ekanini koʻrsatib oʻtdi. Yaqinda yaylovlardan samarali foydalanish boʻyicha imzolangan Prezident qarori ijrosini tashkil etish vazifalari belgilandi. Hokimlar oldiga yil yakunigacha 620 ming gektar, kelgusi yilda 3 million 700 min

Kun uz · Gazeta2 daq. o‘qish

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln soʻmdan ajratish rejalashtirilmoqda

Loyihaga koʻra, 2026/2027-yilgi isitish mavsumida, jumladan, joriy yilning noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga 1 mln soʻmdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi. Mablagʻ 2026-yil 30-noyabrga qadar fuqarolarning ijtimoiy karta yoki bank kartasiga oʻtkaziladi. Yordam Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga beriladi. Shuningdek, reyestrga kirmagan, lekin «mahalla yettiligi» xulosasi va idoralar axborot tizimlaridagi maʼlumotlar asosida mezonga mos keladigan, oiladagi jon boshiga daromadi minimal

Kun uz · Gazeta2 daq. o‘qish

Davlat xaridlarida qariyb 10 mlrd soʻmlik qonunbuzarliklar aniqlandi

Raqobat qoʻmitasi davlat xaridlarini oʻrganish natijasida bir qator buyurtmachi tashkilotlarda raqobatni cheklash bilan bogʻliq qonunbuzarliklarni aniqladi . Ushbu xaridlarning umumiy qiymati qariyb 10 mlrd soʻmni tashkil etib, aniqlangan holatlar quyidagilar: Andijon viloyati: Oltinkoʻl tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi - 300 mln soʻm; Fargʻona viloyati: Fargʻona tuman yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi - 7 ta xarid, 2,5 mlrd soʻmdan ortiq; Jizzax viloyati: Zarbdor tumanida

Kun uz1 daq. o‘qish

Navoiy shahrida hokim oʻzgardi

Navoiy shahriga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi . Maʼlum qilinishicha, Navoiy viloyati hokimining 2026-yil 13-oktabrdagi tegishli qaroriga asosan Islomov Bobir Husnidinovich Navoiy shahar hokimi etib tayinlangan. Tayinlovga qadar u “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining elektr tarmoqlaridan foydalanish boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Bobir Islomov 1981-yilda Navbahor tumanida tugʻilgan. U 2003-yild

Kun uz · Gazeta1 daq. o‘qish

Kamerondan Komilaga: Jorjiyalik qiz nega Samarqandga koʻchib keldi?

Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi Komila Farriyeva – Kameron Farr bilan suhbatimiz tillarni oʻrganishdan boshlanib, insonlar oʻrtasidagi mehr va ishonch haqida davom etdi. «Dadam u yerlarda kelin oʻgʻirlash boʻladi, deb qarshilik koʻrsatgandi» Komila Farriyeva AQShning Jorjiya shtatida tugʻilib oʻsgan. Oʻzbekistonga kelganiga sakkiz oy boʻlgan boʻlsa-da, bu yerdagi hayoti haqida gapirar ekan, uning ovozida samimiy hayajon sezildi. Komilaning aytishicha, u bolaligidanoq tillarga

Kun uz2 daq. o‘qish

Tropiklarga qochish: Uzbekistan Airways Kuala-Lumpurda yoz faslini uzaytirishni taklif etadi

Malayziya poytaxti ilk daqiqalardanoq hayratga sola oladi. Bu yerda koʻzni qamashtiruvchi osmonoʻpar binolar oʻziga xos mahallalar va ibodatxonalar bilan yonma-yon joylashgan. Megapolis shovqini oʻrnini yashil bogʻlarning sokinligi egallaydi. Bir burilish ortida zamonaviy savdo markazi, boshqasida esa xushboʻy koʻcha taomlari va shaharning butunlay oʻzgacha surʼati sizni kutib olishi mumkin. Kuala-Lumpur, ayniqsa har kim bu yerda oʻziga xos sayohat rejasini tuzishi mumkinligi bilan jozibali. Ha

Kun uz2 daq. o‘qish

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarboyjonga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15 oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Davlat rahbari Boku shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning (OHICHK) yettinchi sammitida ishtirok etadi. Ozarboyjon raisligida oʻtkaziladigan forum kun tartibidan Osiyo qitʼasida ishonch, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash hamda Kengashning institutsional rivojlanishini yanada takomillashtirish

Gazeta · Kun uz1 daq. o‘qish

Toshkent shahri va atrofidagi issiqxonalarga «yashil» maqomga oʻtib ishlashga ruxsat beriladi

13-oktabr kuni oʻtkazilgan taqdimotda avvalo, Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi issiqxonalar holati tahlil qilindi. Oʻtgan yili maxsus komissiya tomonidan issiqxonalar xatlovdan oʻtkazilib, muayyan qismiga ekologik toza energiya manbalariga oʻtishiga koʻmaklashildi. Shu bilan birga, ayrim xoʻjaliklarda hali ham koʻmirdan foydalanilmoqda. Kuz-qish oylarida shamol sustlashishi va harorat inversiyasi tufayli issiqxonalardan chiqadigan tashlamalar poytaxt va uning atrofida toʻplanishi mum

Kun uz · Gazeta2 daq. o‘qish

Hyundai yangi Bayon krossoverini namoyish etdi

Parij avtosalonida ixcham Hyundai Bayon krossoverining butunlay yangi versiyasi debyut qildi. Janubiy Koreya brendi vakillarining maʼlum qilishicha, model tashqi va texnik jihatdan sezilarli darajada yangilangan. Asosiy oʻzgarish - radikal qayta dizayn boʻlib, u avtomobilni yoʻlda yanada koʻzga tashlanadigan qilishga qaratilgan. Uslub asosini Tucson modelining soʻnggi avlodidan tanish boʻlgan Art of Steel konsepsiyasi tashkil etadi. Bu xarakterli detallarda yaqqol koʻrinadi: «xokkey klyushkasi»

Kun uz2 daq. o‘qish

Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eshigi ortida nimalar sodir boʻladi?

Yoʻlakda bu bosqichni hech kim payqamaydi, lekin aynan shu vaqtda butun ish kuni qanchalik muammosiz oʻtishi hal qilinadi. Chunki endoskopiya faqat bitta asbob yoki bitta mutaxassisning harakatlaridan iborat emas. Bu zanjir boʻlib, undagi zaif halqa tekshiruvni kechiktirishi, uskunani qayta ishlashni qiyinlashtirishi yoki jamoani eng noqulay paytda kerakli asbobni qidirishga majbur qilishi mumkin. Rossiyaning Endo Stars kompaniyasi bu zanjirga bir butun sifatida, tizimli nazar bilan qaraydi. U

Kun uz2 daq. o‘qish

Piskent tumani hokimiga hayfsan berildi

Piskent tumani hokimiga intizomiy jazo qoʻllanildi. 13-oktabr kuni Toshkent viloyati hokimi shu haqdagi farmoyishni imzolagan. Hujjatda keltirilishicha, Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablariga rioya qilmagan. Shuningdek, u davlat xizmatchisining kasb etikasini buzgani qayd etilgan. Shu sab

Gazeta · Kun uz1 daq. o‘qish

Rossiyadagi «Oʻrta Osiyo - Markaz» yerosti gaz quvurida portlash yuz berdi

Rossiyaning Penza viloyatidagi «Oʻrta Osiyo - Markaz» yerosti gaz quvurida portlash yuz berdi. Hodisa Volchkovo qishlogʻi yaqinida sodir boʻlgan. Oqibatda portlash joyida 70 metr balandlikda olov ustuni koʻtarilgan, gaz berilishi toʻxtatilgach esa yaqin atrofdagi oʻtlar yona boshlagan. Qurbonlar va jarohatlanganlar yoʻqligi aytilmoqda. Rossiya FVV xabariga koʻra, portlashga yuqori bosim tufayli quvur yorilishi sabab boʻlgan. Hodisa joyida avariya va tezkor xizmatlar ishlamoqda. Oqibatlarni ba

Kun uz1 daq. o‘qish

«Yandeks»ga dron zarbalari. Zarar koʻlami qanday?

Oʻtgan hafta Ukraina dronlari «Yandeks»ning bir nechta data-markazlariga hujum qildi. Zarbalar kompaniyaning maʼlumotlar bazasiga jiddiy zarar yetkazgan boʻlishi mumkin. Oqibatda Rossiya va MDH mamlakatlarida, jumladan, Oʻzbekistonda ham «Yandeks»ning ayrim xizmatlarida uzilishlar kuzatildi. Uchta data-markazga hujum Dastlab, 8-oktabrga oʻtar kechasi kompaniyaning Ryazan viloyati Sasovo shahrida joylashgan data-markaziga zarba berildi. 2014-yilda ochilgan ushbu obyekt «Yandeks»ning asosiy maʼlu

Kun uz2 daq. o‘qish

Oʻzbekistonda ichimliklar, tarkibidagi shakar miqdoriga qarab, tamgʻalanishi mumkin

Oʻzbekistonda 2027-yildan boshlab alkogolsiz ichimliklarni tarkibidagi shakar miqdoriga qarab turli ranglarda markirovkalash tartibi joriy etilishi mumkin. Sogʻliqni saqlash vazirligi bu haqdagi hukumat qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi . Taklifga koʻra, 2027-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston hududida ishlab chiqariladigan va import qilinadigan alkogolsiz ichimliklarni tamgʻalashda har 100 ml mahsulotning tarkibidagi umumiy shakar miqdoridan kelib chiqib quyidagi majburiy ogo

Kun uz1 daq. o‘qish

Toshkent — Seul reysida o‘zbekistonlik shifokor yo‘lovchi ayolning hayotini saqlab qoldi

O‘zbekistonlik shifokor Toshkentdan Seulga uchayotgan samolyotda ahvoli keskin yomonlashgan ayolning hayotini saqlab qoldi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi voqea haqida xabar berdi. Hodisa 11-oktabr kuni Toshkent — Seul yo‘nalishidagi HY511 reysida yuz bergan . Samolyotda bo‘lgan shifokor Hasan Kamilov ekipaj bilan birgalikda ayolga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatgan. SSV ma’lumotiga ko‘ra , Hasan Kamilov Samarqand shahridagi xususiy klinika rahbari

Gazeta · Kun uz2 daq. o‘qish

Xorazm viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Muzaffar Qalandarov Xorazm viloyati hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjaligi, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi . Muzaffar Qalandarov 1980-yilda Xorazm viloyati Hazorasp tumanida tugʻilgan, 2002-yilda Urganch davlat universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida yoʻl xoʻjaligi sohasida turli lavozimlarda, xususan, «Xorazmavtoyoʻl» bosh muhandisi va

Kun uz1 daq. o‘qish

Facebook va Instagram’da foydalanuvchilarning "yechintirilgan" suratlari aks etgan reklamalar aniqlandi

Yirik texnologik kompaniyalar faoliyatini oʻrganadigan Tech Transparency Project loyihasi Meta faoliyatida reklama joylashtirishda qoidalarga amal qilinmaganini aniqladi . Loyihaning 2026-yil 8-sentabrda eʼlon qilingan hisobotiga koʻra, tadqiqotchilar yil boshidan buyon Facebook va Instagram’da bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik aks etgan materiallarni oʻz ichiga olgan 332 ta reklamani aniqlagan. Ularning aksariyatida kattalar va bolalarning oddiy surati sunʼiy intellekt yordamida yechintiril

Kun uz2 daq. o‘qish

Respublika kitobxonlik tanlovi g‘oliblarining harbiy xizmat muddati bir oyga qisqartirilishi mumkin

O‘zbekistonda respublika kitobxonlik tanlovida sovrinli o‘rinlarni egallagan muddatli harbiy xizmatchilarning xizmat muddatini bir oyga qisqartirish taklif etilmoqda. Bu haqdagi qonun loyihasi 13-oktabr kuni Qonunchilik palatasi majlisida birinchi o‘qishda qabul qilindi . “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasi haqida

Gazeta · Kun uz2 daq. o‘qish