Toshkent va viloyat issiqxonalarining chiqindilari real vaqt rejimida nazorat qilinadi
Toshkent va unga qo‘shni beshta tumanida issiqxona xo‘jaliklari uchun maxsus ekologik rejim joriy etish taklif qilindi. Ulardan ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish talab qilinadi, chiqindilar esa, jumladan, dronlar yordamida real vaqt rejimida nazorat qilinadi. Qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan issiqxonalarga 1-dekabrgacha ruxsat etilgan energiya manbalariga o‘tish taklif qilindi. 2026-yil 15-oktabrdan 2027-yil 15-martgacha doimiy ekologik monitoring o‘tkazilishi, me’yorlar buzilganda issiqxona faoliyatini to‘xtatishgacha bo‘lgan choralar ko‘rilishi ko‘zda tutilgan. Modernizatsiya uchun subsidiyalar va imtiyozli kreditlar, shuningdek, issiqxonalarni Surxondaryoga ko‘chirish bo‘yicha alohida takliflar ham taklif qilindi.

















