Yangiliklar

Kun uz

tafs uzdagi Kun uz maqolalari. Har bir materialda asl nashrlarga havolalar mavjud.

76 maqola

Oʻsimlik moyini ham majburiy markirovkalash taklif qilinmoqda

Soliq qoʻmitasi oʻsimlik moyini raqamli markirovkalash toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi. Loyiha qabul qilinsa, majburiy markirovka 2027-yil 1-iyuldan kuchga kirishi mumkin. Hujjat preambulasiga koʻra, tashabbus oʻsimlik moyini ishlab chiqarish va sotishni raqamlashtirish, shuningdek uni noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olishga qaratilgan. Talab TN VED boʻyicha 1507–1515 guruhlariga kiruvchi moylarga tatbiq

Kun uz2 daq. o‘qish

Saudiya Arabistoni aeroportini yopdi va husiychilarga «jiddiy javob» qaytarishni vaʼda qilmoqda

Oʻtgan haftada mazkur aeroportga berilgan zarbalar oqibatida kamida 18 kishi halok boʻlgan, shundan 13 ta oʻlim holati shanba kungi zarbadan keyin qayd etilgan – bu mamlakatda soʻnggi oʻn yildan ortiq vaqt davomidagi eng ajalvor hujum boʻldi. Yuzlab kishilar jarohat olgan. Saudiya Arabistoni rasmiylari husiychilarga qattiq javob qaytarilishini vaʼda qilmoqda. Dushanba kuni Saudiya Arabistoni fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi «qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroport faoliyatidagi tanaffus uza

Kun uz2 daq. o‘qish

Prezident jahon chempioni boʻlgan yosh muhandislarni mukofotladi

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida, 190 ga yaqin davlat vakillari ishtirokida oʻtgan First Global Challenge 2026 xalqaro robototexnika musobaqasida Oʻzbekiston terma jamoasi chempion boʻldi . Oʻzbekistonlik robototexniklar musobaqada 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, mutlaq chempionlikka erishdi. Yosh muhandislar 16 ta oʻyinning barchasida gʻalaba qozonib, 637 ball bilan musobaqa rekordini qayd etdi. Prezident farmoni bilan, musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylari davlat mukofotlari bil

Kun uz · Gazeta1 daq. o‘qish

«Telecom Soft»ning 10 mlrd soʻmlik tenderida bir manzildagi ikki kompaniya oʻzaro «raqobatlashdi»

«Telecom Soft» MCHJ yoʻl harakati qoidalarini avtomatik nazorat qilish tizimlari uchun videokuzatuv uskunalari xarid qilish boʻyicha elektron tanlov oʻtkazdi. Loyihaning boshlangʻich narxi 10 mlrd 316 mln soʻm etib belgilangan . Tanlov natijalariga koʻra, Xitoyning «HAC Smart Technologies» kompaniyasi 657 ming dollar (7,76 mlrd soʻm) taklifi bilan gʻolib deb topilgan. Ikkinchi ishtirokchi -«HMN Smart» esa 698 ming dollar (8,24 mlrd soʻm) narx koʻrsatib, zaxira gʻolibi sifatida qayd etilgan. Shar

Kun uz1 daq. o‘qish

Turkiyaga enagalikka ketgan ayol 8 yil davomida yertoʻlada saqlanib, fohishalikka majburlangan

Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha markaz direktori oʻrinbosari Dilfuza Shodiyeva Kun.uz’ga odam savdosi qurbonlaridan biri bilan bogʻliq holatni gapirib berdi. Markaz vakilining maʼlum qilishicha, mehnat ekspluatatsiyasi bilan bogʻliq holatlarda koʻproq Qozogʻiston va Rossiyadan qaytarilayotgan oʻzbekistonliklar murojaat qiladi. Jinsiy ekspluatatsiya holatlarida esa Turkiya, Hindiston va Birlashgan Arab Amirliklarida jabrlangan oʻzbekistonlik ayollar markazga murojaat qilmoqda. «Enaga b

Kun uz2 daq. o‘qish

Kurash maydonidagi qotillik: Denovda taniqli polvonni pichoqlagan shaxsga hukm oʻqildi

Denov tumanida taniqli polvon Nizomiddin Choʻtboyevni pichoqlagan shaxsga hukm oʻqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi. Sud hukmiga koʻra, 1997-yilda tugʻilgan Doston Jabborov bungacha ham bezorilik va qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish jinoyatlari bilan ikki bor sudlangan. 2026-yil 9-may kuni Doston Jabborov Denov tumani Yangiariq mahallasida oʻtkazilgan milliy kurash musobaqasini tomosha qilishga borgan. Musobaqada uning ukasi Boʻstonbek Jabborov polvon Nizomiddin Choʻtboyevning oʻgʻ

Kun uz2 daq. o‘qish

Toshkent atrofidagi issiqxonalar «yashil» shartlar asosida faoliyatini davom ettirishga ruxsat soʻramoqda

Poytaxt mintaqasidagi issiqxonalar tomonidan ekologik toza texnologiyalar asosida «yashil» issiqxonalarga aylanish sharti bilan faoliyatini davom ettirishga ruxsat berish taklif etilmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi matbuot xizmati xabarida aytiladi . «Poytaxt mintaqasida tungi vaqtda havo haroratining keskin pasayishi va shamolsiz ob-havo sharoitida atmosferada inversiya tabiiy hodisasi kuzatilishi natijasida koʻmir yoqilgʻisidan foydalanadigan issiqxona xoʻjalikla

Kun uz2 daq. o‘qish

Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar — Poytaxt kanallaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

Doniyor Mukumdjanovich Yusupov Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari — Shahar kanallaridan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi . Mazkur lavozim oxirgi vaqtlarda vakant edi. Undan avval Abdulaziz Israilov egallagan edi. Doniyor Yusupov Toshkent avtomobil-yo‘llar institutining bakalavriat va magistratura bosqichlarini avtomobil yo‘llari va inshootlarini qurish, shuningdek, avtomobil yo

Gazeta · Kun uz1 daq. o‘qish

«Oʻzbekiston pochtasi» WB boshqaruviga berilgani oydinlashdi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sohibjon Murodov 8-oktabrdagi matbuot anjumanida Kun.uz’ning «Oʻzbekiston pochtasi» Wildberries’ga ishonchli boshqaruvga berilgani haqidagi savoliga rad javobini bergandi . «Bugungi kunda ishonchli boshqaruvga berilmagan», - degandi agentlik rahbari. U Wildberries vakillarining pochta kuzatuv kengashiga kiritilishini kompaniyaning tajribasidan foydalanish hamda 360 mlrd soʻmgacha foizsiz qarz jalb qilish rejasi bilan izohlagan. Murodovning ayti

Kun uz2 daq. o‘qish

Rossiyani ogohlantirgan NATO va Germaniyada ushlangan turkiyalik “qoʻporuvchilar” – kun dayjesti

NATO qoʻmondoni Rossiyani ogohlantirdi Yevropa va Rossiya oʻrtasida keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda NATO qoʻmondonligi alyansga hujum qilinsa qanday javob berilishini aytdi. NATOning Yevropadagi Birlashgan qurolli kuchlari oliy qoʻmondoni, AQSH Harbiy-havo kuchlari generali Aleksus Grinkevich 12-oktabr kuni Varshava xavfsizlik forumida NATO mudofaa ittifoqi ekanini taʼkidladi. Biroq u har qanday hujumni "mutlaqo befoyda" qilishga qaratilgan uch yoʻnalishli yondashuv haqida ham gapirdi

Kun uz2 daq. o‘qish

Ham yuk tashiydi, ham dronlarga oʻq uzadi: AQShda haydovchisiz mashina taqdim etildi

Loyiha Hypercraft kompaniyasining yoʻltanlamas Razorback mashinasi, Forterra ishlab chiqqan AutoDrive avtonom boshqaruv tizimi hamda 9 Mothers kompaniyasining Edda turelini birlashtiradi . Mashina taʼminot yoʻllari oʻqqa tutilayotgan sharoitda yuk yetkazish uchun moʻljallangan. Bunday vazifalarni haydovchisiz bajarish insonlarning bevosita xavf ostida qolishini kamaytirishga qaratilgan. Razorback - Yuta shtatining Provo shahridagi Hypercraft kompaniyasi ishlab chiqqan birinchi toʻliq mashina.

Kun uz1 daq. o‘qish

Marsda doimiy yashash uchun uchta asosiy shart aytildi

Naked Science nashri Global Times’ga tayanib yozishicha, Xitoy Fanlar akademiyasining Shanhay astronomiya observatoriyasi kichik ilmiy xodimi bu haqda «Nega biz Marsga yoʻl olyapmiz?» nomli maqolasida bayon qilgan . Birinchi vazifa - Yer va Mars oʻrtasida axborot almashinuvini taʼminlash. Bu kosmik apparatlar bilan aloqa qilish va ularning harakat yoʻnalishini aniq belgilash uchun muhim. Chjanning aytishicha, Shanhay astronomiya observatoriyasi rahbarligida ishlab chiqilgan radiointerferometri

Kun uz2 daq. o‘qish

Kim kimni qurollantirmoqda? Dunyoda qurol yetkazib berish xaritasi

Naked Science nashri Stokholm xalqaro tinchlik muammolarini tadqiq qilish instituti - SIPRI maʼlumotlariga tayanib, yirik qurol eksportchilarining asosiy hamkorlari haqida yozdi . Maʼlumotlar qurol yetkazib berishda ikki xil yondashuvni koʻrsatadi. AQSH kabi yirik eksportchilar koʻplab mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. Boshqa ayrim davlatlarda esa birgina qabul qiluvchi mamlakat butun eksportning katta qismini tashkil etadi. Bunday farqlar uzoq yillik harbiy hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik

Kun uz2 daq. o‘qish

Avstraliyada boshidan oyoqlar oʻsib chiqqan buzoq tugʻildi

Naked Science nashri ABC xabariga tayanib yozishicha, Spayder laqabli buzoqni koʻrgan veterinar Megan Smit 20 yillik faoliyati davomida bunday holatga duch kelmaganini aytgan . Mutaxassislarga koʻra, qoʻshimcha oyoqlar olib tashlanmaganida, buzoq ulgʻaygan sari turli muammolar paydo boʻlishi, jumladan, uning muvozanat saqlashi qiyinlashishi mumkin edi. Sidney universiteti Veterinariya fanlari maktabi mutaxassisi Imke Tammen hozircha bu holatning aniq sababini aytish imkonsizligini bildirgan.

Kun uz1 daq. o‘qish

YeIda har uch oʻquvchidan biri matematikadan bazaviy darajaga yetolmadi

PISA xalqaro baholash dasturi oʻquvchilarning matematik bilimlarinigina emas, ularni amaliy vaziyatlarda qoʻllash qobiliyatini ham tekshiradi . Naked Science nashri Eurostat maʼlumotlariga tayanib yozishicha, 2018-yil bilan taqqoslaganda Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida matematikadan past natija koʻrsatgan oʻquvchilar ulushi oshgan. Jumladan, Shimoliy Makedoniyada bazaviy darajaga yetmaganlar ulushi 61 foizdan 68 foizga koʻtarilgan. Bolgariya, Kipr, Chernogoriya, Serbiya va Ruminiyada

Kun uz2 daq. o‘qish

NASA Madagaskardagi «Oy boʻlagi»ni koʻrsatdi

Suratni 2026-yil 28-avgust kuni Xalqaro kosmik stansiyaning 75-ekspeditsiyasi ishtirokchisi olgan. NASA 5-oktabrda uni «Kun surati» sifatida tanlagan . Tasvirda qoʻngʻir jinslar orasida och rangli, yumaloq shakldagi katta maydon koʻrinadi. Bu - anortozit jinslarining yer yuzasiga chiqib turgan qismi. Anortozit magmatik togʻ jinsi boʻlib, yer ostidagi erigan moddaning sovishi natijasida shakllanadi va yirik mineral kristallarini saqlaydi. Oyda ham shu turdagi jinslar mavjud: ular Yerdan hatto t

Kun uz2 daq. o‘qish

Rossiya Xarkiv va Kiyevga zarba berdi: kamida 5 kishi halok boʻldi

DW xabariga koʻra, 13-oktabrga oʻtar kechasi Rossiya Ukrainaga yana keng koʻlamli zarba bergan. Xarkiv meri Igor Terexov shaharda 3 kishi halok boʻlgani va yana 11 kishi jarohatlanganini maʼlum qilgan . Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatiga koʻra, zarbalar Xarkivning Xolodnogorsk va Shevchenko tumanlaridagi turarjoy mavzelari hamda fuqarolik infratuzilmasi obyektlariga toʻgʻri kelgan. Raketalardan biri toʻrt qavatli uyga urilib, uning bir podyezdini butunlay vayron qilgan. Vayronalar

Kun uz1 daq. o‘qish

Markaziy bank 8 ta bankni jarimaga tortdi

2026-yil sentabr oyida qoʻmita jami 8-marta yigʻilish oʻtkazib, 37 ta masalani koʻrib chiqqan va tegishli qarorlar qabul qilgan . Shundan 21 tasi roʻyxatga olish va ruxsat berish bilan bogʻliq boʻlgan. Jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan oʻzgartishlarni roʻyxatdan oʻtkazish, mikromoliya tashkilotlarini hisob roʻyxatiga olish, akkreditatsiya va toʻlov tashkilotiga litsenziya berish masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, kredit tashkilotlari ustav fondidagi ulushga egalik qilis

Kun uz1 daq. o‘qish