Erkinjon Turdimov qaysi idoralarni kuratorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — xalq ta’limi va fan vaziri Erkinjon Turdimov bir qator vazirliklar, idoralar va viloyat hokimiyatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi. Mos ro‘yxat Prezidentning 9-oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan. Unga xalq ta’limi va fan hamda sog‘liqni saqlash vazirliklari, Fanlar akademiyasi, Yoshlar ishlari agentligi va tarmoq agentliklari biriktirildi. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligining giyohvand moddalar va ta’lim muassasalaridagi zo‘ravonlikka oid yo‘nalishlari, Davlat xavfsizligi xizmati bilan yoshlarni ekstremizmga jalb qilinishining oldini olish hamda Milliy gvardiya bilan vatanparvarlik tadbirlari ham muvofiqlashtirishga kiritilgan. Vazirlar Mahkamasida 12 shtat birligidan iborat kotibiyat tashkil etildi.








