Aholi uchun suyultirilgan gaz narxi 2,5 baravar oshishi mumkin, ehtiyojmandlarga farq kompensatsiya qilinadi
O‘zbekistonda aholi uchun suyultirilgan gazning chakana sotish narxini oshirish taklif etilmoqda. Bu Iqtisodiyot va moliya vazirligi jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan hukumat qarori loyihasida nazarda tutilgan. Loyihaga ko‘ra, aholiga maishiy ehtiyojlar uchun yetkazib beriladigan suyultirilgan gazning chakana narxi har bir kilogramm uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan 2000 so‘mdan 5000 so‘mgacha oshirilishi mumkin. Shuningdek, LPG-Trade MCHJ va loyihada ishtirok etayotgan tadbirkorlar tomoni

















