14-oktabr kuni soat 13:50 da Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi xabar qildi.

Zilzila magnitudasi epitsentr bo‘lgan Botken tumanida 3,4 ga teng bo‘lib, chuqurligi 10 kilometrni tashkil etdi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 251 km janubiy-sharqda joylashgan.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Farg‘ona tumanida: 2−3 ball (18 km);

  • Quvasoy shahrida: 2−3 ball (20 km);

  • Farg‘ona shahrida: 2 ball (25 km);

  • Marg‘ilon shahrida: 2 ball (34 km).

Eslatib o‘tamiz, 1-oktabr kuni Qirg‘izistonning Jalolobod hududida sodir bo‘lgan 4,3 magnitudali zilzila kuchi Andijon viloyatining qator hududlarida 2 ball ko‘rinishida sezilgandi.