O‘zligini anglagan jamiyatgina o‘z kelajagini qura oladi
Bugun dunyo juda tez o‘zgaryapti. Texnologiyalar, iqtisodiyot, shaharlar, odamlarning yashash tarzi yangilanmoqda. Bunday davrda har qanday davlat oldida ikki katta vazifa turadi: zamondan ortda qolmaslik va shu jarayonda o‘zligini yo‘qotmaslik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan “O‘Z” falsafasi aynan shu ikki tushunchani bir nuqtada birlashtiradi: O‘zbekiston. O‘zgarish. O‘zlik. Mas’uliyat. Bu yerda “o‘z” so‘zi bejiz markazga qo‘yilmagan. Chunki inson ham, jamiyat ham avvalo o‘zini an

















