Ehtiyojmand oilalarga yordam: 1 mln so‘mdan ajratish taklif qilindi
2026-yil noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga bir martalik 1 mln so‘mdan moddiy yordam ajratish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya olish mezonlarini kengaytirish, ayrim hududlarda elektr energiyasining bazaviy iste’mol me’yorini oshirish taklif etilmoqda. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident farmoni loyihasida so‘z boradi . Loyihaga ko‘ra, yordam Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardan tashqari, jon boshiga daromadi minimal iste’

















