Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar — Poytaxt kanallaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi
Doniyor Mukumdjanovich Yusupov Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari — Shahar kanallaridan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi . Mazkur lavozim oxirgi vaqtlarda vakant edi. Undan avval Abdulaziz Israilov egallagan edi. Doniyor Yusupov Toshkent avtomobil-yo‘llar institutining bakalavriat va magistratura bosqichlarini avtomobil yo‘llari va inshootlarini qurish, shuningdek, avtomobil yo






